30 may 09:43
Yangiliklar
“Gubernator kubogi”. Etti bokschimiz ringga chiqadigan final juftliklari
Xabar berganimizdek, kecha musobaqada yarim final janglari o'tkazilib, finalga yo'l olgan bokschilar nomi malum bo'lgan edi. Ertaga o'tkaziladigan final janglarida 7 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tariladi.
Ulardan ikki nafari - Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov hamda Miraziz Mirzahalilov -56 kg vaznda o'zaro chempion nomini aniqlashadi.
Final juftliklari:
-49 kg: Hasanboy Do'smatov - Bator Sagaluev (Rossiya)
-56 kg: SHahobiddin Zoirov - Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Albert Batyrgaziev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov - Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Muravin (Rossiya)
Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar xalqaro turnirning bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Fikrlar