So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

01 iyu 07:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Gubernator kubogi. To'rtta oltin qo'lga kiritildi, Hasanboyga nohaqlik qilishdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo'yicha nufuzli Gubernator kubogi musobaqasi yakunlandi.

Xalqaro turnirning hal qiluvchi final janglarida 7 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tarilishdi. Ulardan ikki nafari - Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov hamda Miraziz Mirzahalilov -56 kg vaznda o'zaro chempion nomini aniqlashdi. Ushbu jang biroz kutilmaganda Mirazizning 5:0 hisobidagi yaqqol g'alabasi bilan tugadi. 

49 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatovga hakamlar nohaqlik qilishdi. Agar Hasanboy g'alaba qozonganida umumjamoa hisobida 5ta oltin medal bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz aniq bo'lardi. SHu bois ham hakamlar 3:2 hisobidagi g'alabani rossiyalik Bator Sagaluevga tortiq etishdi. 


CHarm qo'lqop ustalarimizdan Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev va Bahodir Jalolov finalda raqiblarini katta ustunlik bilan mag'lub etib, xalqaro turnir chempioniga aylanishdi. Jalolov ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. Ikkita nokdaundan so'ng referi jangni to'xtatdi. -60 kg vazndagi bokschimiz SHunqor Abdurasulov esa rossiyalik Albert Batirgazievga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar esa xalqaro turnirning bronza medali bilan taqdirlanishgandi. 

Umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi 4ta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza medali bilan birinchi o'rinni egalladi. O'zbekiston terma jamoasi esa 4ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etdi. Mezbonlar bitta kumush ko'pligi evaziga bizdan o'zib ketishdi, xolos. 

Final natijalari:

-49 kg: Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) - Bator Sagaluev (Rossiya) 2:3

-52 kg: Azat Maxmetov (Qozog'iston) - Azat Usenaliev (Qirg'iziston) TKO3

-56 kg: SHahobiddin Zoirov (O'zbekiston) - Miraziz Mirzahalilov (O'zbekiston) 0:5

-60 kg: SHunqor Abdurasulov (O'zbekiston) - Albert Batirgaziev (Rossiya) 1:4

-64 kg: Oganes Bachkov (Armaniston) - Pavel Fyodorov (Rossiya) 4:1 

-69 kg: Vitaliy Dunaycev (Rossiya) - Tamerlan Xangeshiev (Rossiya) 5:0

-75 kg: Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Gleb Bakshi (Rossiya) 5:0

-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev (O'zbekiston) - Georgiy Kushitashvili (Rossiya) 3:2

-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Narek Manasyan (Armaniston) 5:0

+91kg: Bahodir Jalolov (O'zbekiston) - Vladislav Muravin (Rossiya) ikkinchi raundda nokaut

Reyting:    

Fikrlar

+1   
01 iyu 11:01:58
Bek
Кеча финалдан олдин билдирилган фикрлар бугун ўзини тўлиқ оқлади назаримда. Яъни "Ярим финал жангларида ажойиб ғалабаларга гувох бўлдик. Айниқса Миразизбек Мирзахалиловни Россиянинг 56 кг вазн тоифасидаги 1-рақамли боксчиси Бахтовар Назиров устидан қозонилган ғалабаси уни айни пайтдаги имконияти жуда юқори эканлигидан далолат беради. Аксинча Жасурбек Латиповнинг Қозоғистоннинг 2-рақамли боксчиси Азат Махмедовга имкониятни бой берганлиги, уни Осиё ўйинлари олдидан ғалаба қозониш имкониятини пасайтиради. Мазкур ҳолат, Осиё ўйинлари олдидан бир қатор ротацияларни амалга оширишга зарурат туғдирмоқда. Жумладан, Шахобиддин Зоировни 52 кг вазн тоифасига қайтариш зарур. Чунки уни қўли, бўйи, гавда тузилиши ва зарба кучи 56 кг учун камлик қилаяпти ва бу ҳолат Осиё ўйинларида Қозоғистонлик Қайрат Ералиевга рақобатни бой беришини эҳтимолини оширади. 52 кг.да эса Шахобиддинга тенг келадиган боксчи йўқ. Шунингдек, Миразиз Мирзахалиловни 56 кг вазн тоифасида "яширин қурол" сифатида Осиё ўйинларида иштирокини таъминлаш бизга ушбу вазнда олтин медал тақдим этиши мумкин. Сабаби, яқинда Қозоғистонда ташкил этилган 4 давлат боксчилари турнирида Миразиз Қайрат Ералиевни қийин ахволга солиб қўйди ва фақат мезбонлик омилигина Қайратни қутқариб қолди. Бундан ташқари, 60 кг вазн тоифасида Шунқор Абдурасуловнинг имконияти жуда паст ва 69 кг вазн тоифасида Махмуд Ғоиповнинг Осиё ўйинларида совриндорлар қаторидан жой олиш имконияти деярли "0"га тенг. Ушбу ҳолат бўйича мураббийлар жиддий бош қотириши зарур. Шу билан бирга яна бир жиҳат борки, яқинлашиб келаётган Осиё ўйинларида 81, 91 ва +91 кг вазн тоифалари қатнашмаслиги мумкин. Бу ҳолатда эса, Исроил Мадримовни 69 кг.да ва Бектемирни 75 кг.да мусобақаларга жалб этиш мақсадга мувофиқ бўлар эди. "
   
04 iyu 15:54:03
A.A.A. 1993
56 кгда энди хақиқат бўлди. Январда Ўзбекистон чемпиёнатида нохақлик қилишган Миразизга
   
02 iyu 18:17:03
Mirzobek Yaqubov
Zoirov jangga tushganda nega murabbiylar uni jangga tayyorlab turishmadi tushunmadi, Rahmatjon aka Shahobiddinni oyoqlarini uqalab, suv sepib turardilar, lekin Shahobiddinni jangida yo'q edilar. Mirazizda texnika yo'q faqat bo'yi hisobiga biroz ustunlik qildi. Bu yerdayam Shahobga nisbatan 100% nohaqlik bo'ldi.
   
02 iyu 18:13:37
Mirzobek Yaqubov
Rossiyalik Bator Hasanboyni yutishga hali ancha bor, Hasanboy bu agar tezligini ko'rsatsa, bu bokschi Hasanboyga udar bera olmaganidan yig'lab yuboradi. Shaxsan, o'sha jangda man Rossiyalikka har round uchun 8 baldan Hasanboy 10 baldan berardim, chunki Rossiyalikda sira ham texnika yo'q, umuman udarlari chiroyli emas, xuddi zarba bersa, xuddi parrey aylanganday havoga zarbalar berib tashayapti. Bunday holatga umuman ochko berish kerak emas.
   
02 iyu 18:00:26
Mirzobek Yaqubov
Hasanboyga nisbatan 100% nohaqlik bo'ldi, buni boksni tushadiganlar va boks bilan shug'ullanadiganlar juda yaxshiladi. Hasanboyni raqibi biror marta Hasanboyni yuziga udar tekkiza olgani yo'q, Hasanboy himoyadan turib, saralangan zarbalar bilan raqibini yuziga udarlar berdi.
Ilgari bu bokschiga bitta zarba berishga ham imkon qoldirmasdan yutgan WSB turnida Uzbek Tiger vs Rossiya o'yinida. Bu gal Hasanboy sekin o'yin ko'rsatdi, ko'proq himoyada turib bir ikki aniq zarbalar bilan ishladi, hamma zarbasi chiroyli tekkan. Rossiyalik bokschi Hasanboyga nisbatan faol lekin birorta aniq zarba yo'q edi.
   
02 iyu 18:00:12
Mirzobek Yaqubov
Hasanboyga nisbatan 100% nohaqlik bo'ldi, buni boksni tushadiganlar va boks bilan shug'ullanadiganlar juda yaxshiladi. Hasanboyni raqibi biror marta Hasanboyni yuziga udar tekkiza olgani yo'q, Hasanboy himoyadan turib, saralangan zarbalar bilan raqibini yuziga udarlar berdi.
Ilgari bu bokschiga bitta zarba berishga ham imkon qoldirmasdan yutgan WSB turnida Uzbek Tiger vs Rossiya o'yinida. Bu gal Hasanboy sekin o'yin ko'rsatdi, ko'proq himoyada turib bir ikki aniq zarbalar bilan ishladi, hamma zarbasi chiroyli tekkan. Rossiyalik bokschi Hasanboyga nisbatan faol lekin birorta aniq zarba yo'q edi.
   
02 iyu 13:50:58
JasurBeK
Fikrimcha, 56kgda Miraziz haqiqattan ham 1-nomer ekanini isbotladi. Qiziq, Abdulxay Sharaxmatov qolib ketadimi shunday. Axir u ham 56kgda xalqaro turnirlarda qatnashgan safari har doim 1-o'rinni olyapti. Eng kuchli raqobat shu 56kgda bosa kerak bizda. Bu raqobatdan faqat terma jamoamiz va biz muhlislar yutamiz
   
02 iyu 10:53:41
Tilla bola
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳақиқатдан хам Шахобиддинга 56 кг оғирлик қилаяпти. Кеча жангда шу нарса эътиборни тортдики. Фикримча мураббийлар 56 кг.да ким аслида 1-рақам эканлигига ойдинлик киритиб олдилар. Шахобиддинга хам Миразизга хам секундантлик вазифасини боксчиларнинг ўзи амалга оширди ва халол рақобатда Миразиз ғолиб бўлди. Унга омад тилаймиз ва Шахобиддинни 52 кг.да кутиб қоламиз.
Kim nima disa disin Zoirov shu kuni ochkolar boyicha yutdi bokssi tushunadigan odam bòsa boshqatdan jangni kòrishga chaqiraman olimpiya sistemasida 100% Zoirovga bergan bòlardi 2 round yutdi 3 round yutqizdi agar Zoirovni 52 ga qòysa albatta zo'r ish bolardi.
   
01 iyu 11:05:36
Bek
Ҳақиқатдан хам Шахобиддинга 56 кг оғирлик қилаяпти. Кеча жангда шу нарса эътиборни тортдики. Фикримча мураббийлар 56 кг.да ким аслида 1-рақам эканлигига ойдинлик киритиб олдилар. Шахобиддинга хам Миразизга хам секундантлик вазифасини боксчиларнинг ўзи амалга оширди ва халол рақобатда Миразиз ғолиб бўлди. Унга омад тилаймиз ва Шахобиддинни 52 кг.да кутиб қоламиз.
   
01 iyu 09:54:58
я узбек
J.CH da Xasanboy va Murodjonlar özlariga kop ishonib raqiblarni mensimaganday bolganda yakunda oltin medal olisholmadi.Kecha Hasanboyni ham yutkazgani yaxshi boldi j.ch va olimpia öyinlari oldidan saboq boldi.Shoxabidinga nima bolyapti shu ketish bolsa 2020 yilda 56 kg da yana Murodjonga muhlislik qilamiz shekili
   
01 iyu 09:53:51
SPRINTERshashist
OIDIN XAM ETGANMAN XOIOROV BOKSCHI EMAS, U PEPPER. XASANBOY O'ZI YOMON URUSHDI. TRENEROVKASI SUSAYIBDI. ZOIROV 52KGGA O'TQAZISH KERAK. SHUNQORNI JANG STILI G'IRT DEXQONCHA ,ISHLASH KERAK. ISROIL,BEKTEMIR,MIRAZIZ,BAXODIRLARGA ALOXIDA RAXMAT
   
01 iyu 09:53:18
SPRINTERshashist
OIDIN XAM ETGANMAN XOIOROV BOKSCHI EMAS, U PEPPER. XASANBOY O'ZI YOMON URUSHDI. TRENEROVKASI SUSAYIBDI. ZOIROV 52KGGA O'TQAZISH KERAK. SHUNQORNI JANG STILI G'IRT DEXQONCHA ,ISHLASH KERAK. ISROIL,BEKTEMIR,MIRAZIZ,BAXODIRLARGA ALOXIDA RAXMAT
   
01 iyu 09:35:23
Akbar Yusupov
Dusmatov yutqazsa buldi, unga nohaqlik qilishgan deyiladi. Dusmatov ancha susaygan, oxirgi jahon chempionatida kurgandik.
   
01 iyu 08:12:46
Navroz Hojibekov
Yoqol kurinib turibti nohaqlik emas haqlik Dusmatov ancha paasayib ketgan jang uslubi pasayib ketgan u uz ustidaa judaham kop ishlash kerak
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing