24 iyu 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Guskov: "Ankalaev ham oddiy inson"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC Fight Night 282 turnirida Magomed Ankalaevga qarshi jangni qisqa muddatli chaqiruv asosida qabul qilgani sababini izohladi.
«Masala Ankalaevni mag'lub etish yoki etmaslikda emas. UFC senga sobiq chempion bilan jang qilish imkoniyatini taklif qilyapti, qolaversa, g'alaba qozonsang, keyingi janging chempionlik kamari uchun bo'lishi mumkin. Magomed ham boshqalar kabi oddiy inson. Odamga kuchli zarba bersang, u ham qulashi mumkin. Agar menga "titan plitasi bilan jang qilasan", deyishsa, unda uni engishning iloji yo'qligini bilardim. Ammo bu erda asosiy oqshom jangini o'tkazib, o'zimni ko'rsatish va yuqori pog'onaga ko'tarilish imkoniyati bor. Hech kim u bilan jang qilishni istamayapti, men esa shu erdaman», — dedi Guskov Sports.ru nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar