So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

31 iyu 16:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskov jang qilishi kerak bo'lgan UFC turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi

Ertaga Serbiya poytaxti Belgrad shahrida UFC Fight Night 283 turniri bo'lib o'tadi.

Turnir ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi va unda serbiyalik Urosh Medich amerikalik Daniel Rodrigesga qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki aralash yakkakurash ustasi ham tarozida bir xilda tosh bosdi - 77.56 kg. 

UFC Fight Night 283 turnirining co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi esa yarim og'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Polshalik sobiq chempion Yan Blaxovich Yangi Zelandiya vakili Navaxo Stirling bilan hisob-kitob qiladi. Ikkala jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajargan holda, bir xilda vazn qayd etdi - 92.99 kg. 

Aslida ushbu jangda Bogdan Guskov Yan Blaxovichga qarshi revansh jangida oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo hamyurtimiz UFC so'rovi bilan raqibsiz qolgan Magomed Ankalaev bilan jang qilishga rozi bo'lgandi.  


UFC Fight Night 283 tarozi natijalari:

Asosiy kard janglari

Urosh Medich (77.56 kg) – Daniel Rodriges (77.56 kg)

Yan Blaxovich (92.99 kg) – Navaxo Stirling (92.99 kg)

Aleksandr Rakich (107.73 kg) – Marchin Tibura (115.21 kg)

Dushko Todorovich (83.91 kg) – Robert Valentin (84.14 kg)

Vlastislav Cepo (84.37 kg) – Gilbert Urbina (84.14 kg)

Milosh Yanichich (70.76 kg) – Noa Gunon (70.31 kg)


Prelim kard janglari

Lyudovit Kayn (70.53 kg) – Tofik Musaev (70.53 kg)

Oban Elliott (77.11 kg) – Maykl Oliveyra (77.56 kg)

Mark Vologdin (61.46 kg) – Borislav Nikolich (61.69 kg)

Bogdan Grad (66.00 kg) – Dennis Buzukya (66.22 kg)

Mateush Rebecki (70.53 kg) – Kayl Prepolek (70.31 kg)

Nina Miloshevich (61.01 kg) – Xeyli Kouen (61.69 kg)

Yovan Leka (119.07 kg) – Aleksandr Poppek (97.52 kg)

Marina Spasich (52.39 kg) – Stefani Luchiano (52.16 kg)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing