07 okt 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Guskov: "Pereyra o'z zarbasiga ishongandi"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov Aleks Pereyraning UFC 320 turnirida Magomed Ankalaev ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.
"Pereyra dastlabki raundlardayoq g'alaba qozonib, zarba berish kerakligini tushundi. Har bir hujumchi vaqt o'tishi bilan zarba berish kuchi pasayib borishini biladi. Dinamit so'nib ketadi. Keyingi raundlarda nokautlar kamdan-kam uchraydi. Jang boshida esa energiyaga to'la turasiz. Pereyra zarbasiga ishongandi. Magomedning jamoasi, ehtimol chap qo'l zarbalarini kutishgandir. Lekin Aleks uni o'ng tomondan tutib oldi. Ajoyib ish", deydi Guskov.
Malumot uchun, Bogdan yarim og'ir vaznda UFC reytingida 10-o'rinni egallab turibdi. Endi ushbu divizion chempioni braziliyalik Aleks Pereyra hisoblanadi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
O’xshash yangiliklar
16:16
"Ankalaevga endi kamar uchun imkoniyatga yana 15 ta g'alaba kerak bo'ladi" - UFC sobiq jangchisi 0
Fikrlar