So’nggi yangiliklar

08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0

27 iyu 17:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskovning vaznidagi chempion Karlos Ulberg Ankalaevning g'alabasiga munosabat bildirdi

Yarim og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Karlos Ulberg Magomed Ankalaev va Bogdan Guskov o'rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Men o'zimga kerak bo'lgan narsani ko'rdim va imkon qadar tezroq oktagonga qaytish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Men doim Ankalaevni asosiy davogarlardan biri deb hisoblaganman, shuning uchun u keyingi raqibim bo'lishi mumkin bo'lganlar qatoriga kirishi aniq. Aytganimdek, men o'zimga kerakli narsani ko'rdim. Aynan shu narsaga etibor qarataman", - dedi yangi zelandiyalik chempion Abu-Dabidagi UFC Fight Night 282 turniridan so'ng bergan intervyusida.

Ulberg Irji Proxazka bilan chempionlik jangida tizzasining oldingi xochsimon boylamining yirtilishi tufayli safdan chiqqandi. U birinchi raunddayoq Irjini nokautga uchratib, Aleks Pereyra tomonidan bo'sh qoldirilgan vakant chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. CHempionning so'zlariga ko'ra, u 2027 yil boshida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.

"Hozir mening asosiy vazifam jarohatdan keyin tiklanish uchun zarur bo'lgan barcha ishlarni bajarishdir. Men, shuningdek, imkon qadar tezroq, ammo maksimal darajada xavfsiz qaytish uchun UFC PI mutaxassislari bilan yaqindan ishlayapman. Qaytishni kelgusi yilning boshiga mo'ljallayapmiz. Juda erta qaytmaslik va qayta jarohat olmaslik uchun aql bilan harakat qilish kerak", - deya tushuntirdi Ulberg.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing