So’nggi yangiliklar

00:50Шоҳасан, Одилхон ва Бобур "Горилла" иштирок этган Тошкентдаги Octagon 83 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 20:03Белбоғли курашчиларимиз Жаҳон чемпионатида иккинчи бўлишди 0 18:43WBC Гран-приси. Мужибилло Турсунов эртанги жанги олдидан рақиби билан юзма-юз келди (ФОТО) 0 18:01Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади? 0 17:40Жейк Пол — Энтони Жошуа: турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19"Одамлар жанг ҳақиқийлигига шубҳа қиляпти". Собиқ спортчи Пол ва Жошуа ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:58"Курашмайман". Пимблетт Гэтжи билан қандай жанг қилишини айтди 0 16:37Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ!" 0 16:16"Кроуфорднинг қайтишини кутяпман" - эксперт 0 15:55Арман Царукян: "Гэтжи ва Пимблетт менинг даражам эмас. Шунинг учун..." 0 15:34Бетербиев — Кроуфорд ҳақида: "Уч вазн тоифасида биринчи мутлақ чемпион бўлиш — бу жуда кам учрайди" 0 15:13"Ғазалкент" футбол клуби қайтди 0 14:52Масвидаль UFC’нинг ярим ўрта вазнида Махачев учун энг хавфли рақибни айтди 0 14:31Макгрегор Пол - Жошуа жангига жуда катта пул тикмоқчи 0 14:10Жейк Пол ва Энтони Жошуа нигоҳлар тўқнашувида нималар деди? 0

10 sen 17:32
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

Teglar :  Suzish
Poytaxtimizda suv sport turlari bo'yicha yosh toifalari o'rtasida o'tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida bugun uchinchi kungi bahslar bo'lib o'tmoqda.

Ayni daqiqalarga qadar, suzish va suvga sakrash sport turlarida musobaqalar davom etayotgan bo'lsa, kechadan “Yoshlik” sport majmuasida suv polosi bo'yicha bellashuvlar boshlandi. Dastavval suzish bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqalar haqida. 

Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimidan so'ng bir qator yo'nalishlar bo'yicha turli masofalarga suzish bo'yicha hal qiluvchi final bahslari o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Etiborlisi, birinchi kungi musobaqalarning o'zida suzish bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolari 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar. SHu o'rinda takidlash joizki, mamlakatimiz sportchilari suv sport turlari bo'yicha yosh toifalar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatlarida bunga qadar sakkiz marotaba ishtirok etishgan va hech bir musobaqada 4 ta oltin medal sohibi bo'lishmagan edi. 

Demak, Toshkentda boshlangan Osiyo chempionatida yosh, umidli sportchilarimiz birinchi kunning o'zida to'rt bor shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, o'ziga xos rekord o'rnatishdi. Qizg'in kechgan musobaqalarning yakunlariga ko'ra terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni 50 metr masofaga brass usulida suzishda Vladislav Mustafin va Fotima Amilova, 100 metrga batterflyay usulida suzishda Artem Kozlov hamda 4 bor 100 metr masofaga suzish bo'yicha bo'lib o'tgan estafeta bahslarida Danil Tulupov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Xurshid Tursunovlardan iborat jamoamiz keltirishdi.  

O'smirlar o'rtasida 50 metr masofaga chalqancha usulda suzishda Odilbek Yusupboev, shuningdek, xuddi shu masofaga brass usulida suzish bahslarida Alyona Vasileva kumush medal sovrindori bo'lishdi. Bundan tashqari, 100 metr masofaga brass usulida suzishda SHohsanam Toshpo'latova hamda 200 metr masofaga chalqancha usulda suzish musobaqasida Danil Bukin ikkinchi o'rinni egallashdi. 200 metr masofaga chalqancha usulda suzishda o'smirlar o'rtasidagi musobaqada Egor Bolotov, qizlar o'rtasida kechgan bahslarda esa Maftunabonu To'xtasinova bronza medallari bilan taqdirlanishdi.  

Birinchi kun bo'lib o'tgan suvga sakrash musobaqalarida ham ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan o'rin egallashdi. Jumladan, o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada Doston Botirov, qizlar o'rtasida esa Olga Morozova kumush medallarni qo'lga kiritishdi. Kecha kunning birinchi yarmida suzish bo'yicha saralash bahslari o'tkazilgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida suvga sakrash va suv polosi bo'yicha bahslar boshlandi. “Yoshlik” sport majmuasida suv polosi bo'yicha boshlangan musobaqalarning o'smirlar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston, Yaponiya, Xitoy, Qozog'iston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari kuch sinashayotgan bo'lishsa, qizlar o'rtasida Yaponiya, Xitoy, O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Dastlabki tur natijalariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston termasi ustidan 11:5 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Yaponiya terma jamoasi o'smirlari xitoylik tengqurlariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi -17:6. Musobaqalar aylanma tizimda o'tkazilib, 15 sentyabrga qadar davom etadi. 

Suv sport turlari bo'yicha yosh toifalar o'rtasida o'tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamiz uchun sermahsul bo'ldi. Suzish bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz yana 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Jumladan, 200 metrga erkin usulda suzish bo'yicha tashkil etilgan bahslarda Xurshid Tursunov 1:50.77 natijasi bilan oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, Vladislav Mustafin 100 metrga brass uslubida suzish bo'yicha 1:01.91 natijasi bilan shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Artyom Kozlyuk esa 50 metrga baterflyay usulda suzish bo'yicha marraga birinchi bo'lib etib kelib (24.04), oltin medal sohibiga aylandi.  Kecha shuningdek, 100 metr masofaga brass usulida suzish bo'yicha Fotima Amilova kumush, 200 metrga erkin usulda suzish bo'yicha Aleksey Tarasenko va Maftuna To'xtasinovalar bronza medallarini qo'lga kiritishdi. 

Suvga sakrash bo'yicha tashkil etilgan musobaqalarda ikkinchi kungi bellashuvlar yakuniga ko'ra hamyurtlarimiz yana 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi. 10 metrlik tramplindan sakrash bo'yicha o'tkazilgan bahslarda qizlarimizdan Yuliya Mustaeva va Olga Morozovalar, shuningdek, o'smirlar o'rtasida Botir Hasanov va Marsel Zaynuddinovlar juftliklar bahsida kumush medallarini qo'lga kiritishdi. Yakkalikda Yuliya Mustaeva bronza medali sohibiga aylandi. 

Demak, hozirgi vaqtga qadar Osiyo chempionatida terma jamoamiz azolari suzish bo'yicha 7 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo'lib ulgurgan bo'lsalar, suvga sakrash bahslarida hamyurtlarimiz o'z hisoblariga 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'shib qo'yishdi. SHu tariqa, suzish bo'yicha ikkinchi kungi musobaqalar yakunlariga ko'ra O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida yaponiyaliklardan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Musobaqalar davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing