So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

24 sen 15:37
Yangiliklar

Karate

Hasan Nazarov boshchiligida Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkibimiz malum

9-10 noyabr kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida shinkiokushinkay karate bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

O'z tarixida 19-marotaba o'tkaziladigan ushbu qita birinchiligida Hasan va Mutal Nazarov boshchiligidagi yurtimiz karatechilari ham ishtirok etadi. Kuni kecha Namangan viloyati Kosonsoy shahrida Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida o'quv-mashg'ulot seminari hamda turli rangdagi belbog'lar uchun imtihon tashkil etildi. SHuningdek, "Nur Has" markazida o'tgan ushbu tadbirlar doirasida Osiyo chempionatiga yo'l oladigan terma jamoa tarkibi ham aniqlab olindi. 

Seminarni 5-DAN qora belbog' sohibi shihan Mutal Nazarov o'tkazdi. Unga nazariy va amaliy mashg'ulotlarda Kosonsoy "Nur Has" shinkiokushinkay karate markazi bosh murabbiyi 1-DAN qora belbog' sohibi SHamsiddin Eshonov yordam berdi. Turli rangdagi belbog'lar uchun imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan sportchilar dekabr oyida o'tkaziladigan O'zbekiston ochiq chempionatida qatnashishadi. 

Osiyo chempionatining kattalar o'rtasidagi -85 kg vazn toifasi bahslarida Ichki ishlar tergovchisi, mayor Ulug'bek Hamdamov hamda mutlaq vaznda Otabek Abdurahimov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Yoshlardan esa Mahliyo Saidahmedova (-50 kg), SHohjahon Yo'ldoshboev (-55 kg), Bilolbek Abdujabborov (-45 kg) qita chempionatida qatnashish uchun lecenziya qo'lga kiritishdi. Ahliddin Zarifjonov (-40 kg) esa zaxira sportchisi sifatida tarkibga kiritildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing