14 dek 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov - 51 kg vaznda O'zbekiston chempionati oltin medali sohibi!
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport arenasida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston birinchiligining final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, musobaqaning so'nggi, oltinchi kuni doirasida Rio olimpiadasi g'olibi (2016), Jahon chempionati kumush medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni, andijonlik charm qo'lqop ustasi Hasanboy Do'smatov - 51 kg vazn toifasida final jangida o'z ukasi Faryozbek Do'smatovga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo, Faryozbek Do'smatov hakamlar hayati tomonidan musobaqadan chetlatildi va Hasanboy Do'smatov O'zbekiston chempionati oltin medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar