So’nggi yangiliklar

21:34Хоккей. Гампр жаҳон чемпионатининг расмий маскоти бўлади 0 19:23Аморим Брунуга "Реал" томонидан қизиқиш бўлаётганига муносабат билдирди 0 19:02Эдди Хирн Дмитрий Биволнинг эҳтимолий рақибини айтди 0 18:39WBC президенти Бивол ва Бенавидес жанги бўйича музокаралар ҳақида гапирди 0 18:30Хоккей. Арманистон ва Чехия термалари куч синашди 0 18:17Саудия Арабистони клублари Винисиусга Роналдуникидек шартнома таклиф қилмоқда 0 17:52Забит Магомедшариповнинг ММА'га қайтиши ҳақида хабарлар тарқалди 0 17:28PFL асосчиси Усик ва Пол ўртасида жанг ўтказиш ғоясини илгари сурди 0 17:02Леннокс Льюис фаолятидаги энг қийин рақиб кимлигини айтди, бу Майк Тайсон эмас 0 16:40Холанд учун мавсум якунланди 0 16:19Конор Магрегор: "Июнь ойида Алькатрас қамоқхонасида жанг қилишим мумкин эди, лекин..." 0 15:59FIDE рейтинги янгиланди, Абдусатторов кучлилар қаторида, ТОП-100'да 5 нафар ҳамюртимиз бор 0 15:35Эдди Хирн: "Супер оғир вазннинг ҳозирги юлдузи Жошуа, чунки Фьюри нафақада" 0 15:14Бокс бўйича Жаҳон кубогида бугун 3 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади 0 15:02«Манчестер Сити»нинг уч нафар ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади 0

09 avg 02:35
Yangiliklar

Parij-2024

Hasanboy Do'smatov va Ulug'bek Rashitov ikki karra Olimpiada chempioni! (13-kun yakunlari)

Teglar :  Parij-2024
8 avgust kuni Parij Olimpiadasining 13-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov, shuningdek bokschimiz Hasanboy Do'smatov oltin medallarni qo'lga kiritdi. 

Sportchilarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing: 

Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova (saralash, yakkalik) - 24 nafar sportchi orasida 14-o'rinni egalladi. Bu esa afsuski finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi.

Kanoeda eshkak eshish. Nilufar Zokirova (saralash, 200 metr) - chorak finalda marraga 3-bo'lib keldi va yarim finalga chiqa olmadi. 

Taekvondo. Ulug'bek Rashitov - oltin medal. Finalgacha Gonkong, Xitoy va Ispaniya vakillarini mag'lub etdi. Finalda esa iordaniyalik raqibdan ustun keldi.  

Erkin kurash. Javrail SHapiev - chorak finalda yutqazdi. Endi bronza uchun o'tish bahsida qatnashadi. 

Erkin kurash. G'ulomjon Abdullaev - yarim finalgacha etib bordi. Ertaga bronza uchun kurashadi. 

Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova - qilichbozlik bahslarida 220 ball to'pladi. 

Boks. Abdumalik Xalokov - CHarli Senor (Avstraliya) (yarim final) - 5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.

Boks. Hasanboy Do'smatov - Bilal Bennama (Franciya) (final) - 5:0 hisobida g'alaba qozonib, chempionlikni qo'lga kiritdi!




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH


2:00. Hasanboy Do'smatov finalda franciyalik Bilal Bennamaga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi! IKKI KARRA OLIMPIADA CHEMPIONI!


00:45. Abdumalik Xalokov avstraliyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi! Ajoyib!


00:35. OLTINNNN!!! Ulug'bek Rashitov ikki karra Olimpiada chempioni! U iordaniyalik raqibini 2:0 (5:4, 3:1) hisobida mag'lubiyatga uchratdi!


00:30. Ulug'bek Rashitovning finali boshlanmoqda! Raqib - iordaniyalik Zaid Karim!


22:40. Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova qilichbozlik bo'yicha kechgan bahslarda sportchimiz 220 ball jamg'arishga erishdi. Endi u 10 avgust kuni ishtirokini davom ettiradi. 


22:00. Taxmina Ikromova to'p, halqa, tasma va bulavadagi mashqlar orqali jami 126,400 ochko jamg'ardi va 24 nafar sportchi orasida 14-o'rinni egalladi. Bu esa afsuski finalga chiqish uchun etarli emas.


21:50. Erkin kurashchimiz Javrail SHapievda bronza uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ldi. Endi u ertaga o'tish bahsida qatnashadi. Bu jangda hamyurtimizga Kanada vakili Aleks Mur raqiblik qiladi. 


21:25. Erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev yarim finalda amerikalik Spenser Richard Liga qarshi kurashdi va 4:14 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi u ertaga bronza medali uchun kurashadi.


20:10. Taxmina Ikromova o'z chiqishini umumiy hisobda 126,400 ball bilan yakunladi. Hozircha birinchi o'rin. U finalga chiqishi uchun kuchli o'nlikda qolishi kerak. 


20:00. FINALLL! Ulug'bek Rashitov yarim finalda ispaniyalik Xaver Peresga qarshi jang qildi va 2:0 (7:3, 3:3) hisobida g'alaba qozondi!


18:30. Ulug'bek Rashitov endi yarim finalda ispaniyalik raqibga to'qnash keladi. Bahs taxminan 19:30 dan so'ng boshlanadi. 


18:24. Ulug'bek Rashitovda yana bir g'alaba! U xitoylik raqibini 2:0 (2:1, 9:2) hisobida mag'lub etdi. CHempionimiz yarim finalga chiqdi!


17:45. Zamonaviy beshkurashchimiz Alise Faxrutdinova qilichbozlik yo'nalishida o'z ishtirokini boshladi. 


17:05. Taxmina Ikromova to'pdagi mashqda 32.350, halqa bilan esa 31.700 ochko jamg'ardi. Umumiy hisobda 64.050 ball to'plagan Taxmina hozircha 13-pog'onada ketmoqda. Endi soat 18:00dan so'ng tasma va bulavadagi mashqlar boshlanadi. Ikromova finalga chiqish uchun kuchli o'nlikka kirishi lozim.


16:08. Javrail SHapiev chorak finalda bolgariyalik raqibga 1:4 hisobida yutqazdi...


16:04. G'ulomjon Abdullaev chorak finalda armanistonlik raqibini 12:5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi!


15:51. Eshkak eshish. Nilufar Zokirova chorak finalda marraga uchinchi bo'lib etib keldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. U o'z guruhida 48.47 natija bilan uchinchi bo'lib keldi. Afsuski bu yarim finalga chiqish uchun etarli emas.


15:10. -57 kg vaznli erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev ozarbayjonlik raqini 11:4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. 


15:07. -86 kg vaznli erkin kurashchimiz Javrail SHapiev nimchorak finalda gruziyalik raqibini 5:1 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. 


13:53. Eshkak eshish. Nilufar Zokirova 200 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarida 48:98 natija bilan o'z guruhida uchinchi bo'lib keldi. Endi u chorak finalda qatnashadi. Agar 1 yoki 2-o'rinni band etganida u to'g'ridan-to'g'ri yarim finalda qatnashardi. CHorak final bugun 15:40 dan so'ng boshlanadi.


13:48. Taekvondo. Ulug'bek Rashitov (-68 kg) g'alaba bilan boshladi. Ilk jangda u gonkonglik raqibini katta ustunlik bilan 2:0 (12:0, 9:2) hisobida mag'lub etdi.


13:20. Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova dastlabki chiqishni amalga oshirdi va 32,350 ball to'pladi. U o'zidan oldin chiqqan 3 nafar gimnastikachidan yaxshiroq natija ko'rsatdi va hozircha birinchi o'ringa chiqib oldi. Umumiy hisobda 24 nafar sportchi bahslarda qatnashadi



13:00. Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova (saralash, yakkalik)

13:30 - Kanoeda eshkak eshish. Nilufar Zokirova (saralash, 200 metr)

13:35 - Taekvondo. Ulug'bek Rashitov (medal)

14:30 - Erkin kurash. Javrail SHapiev 

14:45 - Erkin kurash. G'ulomjon Abdullaev 

17:30 - Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova 

00:30 - Boks. Abdumalik Xalokov - CHarli Senor (Avstraliya) (yarim final)

1:35 - Boks. Hasanboy Do'smatov - Bilal Bennama (Franciya) (final)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing