So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

28 dek 15:12
Yangiliklar

Boks/MMA

"Hech kimga zerikarli chempion kerak emas". Uoker Blaxovich - Ankalaev jangi natijasini to'g'ri deb hisoblashini aytdi

Jonni Uoker oy boshida yarimog'ir vaznda bo'lib o'tgan chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.

Yarim og'ir vazn toifasida braziliyalik UFC jangchisi Jonni Uoker (18-7) polshalik Yan Blaxovich (29-9-1) va rossiyalik Magomed Ankalaev (17-1-1) o'rtasidagi durang bilan yakunlangan chempionlik jangi haqida gapirdi.

"Hammasi to'g'ri yakunlandi. Bu jang juda sust kechdi. Natijadan nafaqat UFC, balki muxlislarning o'zi ham qoniqish hosil qilgandek tuyuladi. Ochkolar hisobiga g'alaba qozonadigan zerikarli chempionni hech kim xohlamaydi. Odamlar nokautlar va sabmishenlarni yoqtirishadi. Menga yigitlarning raqibini nokaut qilish uchun bor kuchlarini sarflashi yoqadi.

Bu UFC va muxlislar uchun yaxshi bo'ldi: endi Glover va Jamal chempionlik uchun kurashadi, ular nokaut bilan g'alaba qozonish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qiladigan jangchilar va ularning janglarini hamma ko'rishni istaydi.

Menimcha, bu toza durang bo'ldi. Jang boshida Blaxovich Ankalaevning oyog'ini "zo'riqtirgan"  bo'lsa, oxiriga kelib Ankalaev ustunlikka ega bo'ldi. U oxirgi raundni raqibining ustiga o'tirib tugatdi, ammo qolganlarida unchalik ustunlik qilmadi, shuning uchun hakamlar durang natijani elon qilib, to'g'ri qaror qilishdi, deb o'ylayman.

Agar Ankalaev jangni yakunlamoqchi bo'lganida, oxirida biroz "temp"ni ko'targan bo'lardi. Masala hakamlarga etib bordi, shuning uchun shikoyat qiladigan hech narsa yo'q, faqat ularning qarorini qabul qilish qoladi", - deya Uokerning so'zlarini keltiradi Ag. Fight nashri.

Magomed Ankalaev (17-1-1) va Yan Blaxovich (29-9-1) ishtirokida 11 dekabr kuni Las-Vegas (AQSH)da tashkillashtirilgan UFC 282 musobaqasining markaziy, chempionlik jangi hakamlarning qaroridan so'ng durang bilan yakunlangan edi. Endilikda yarimog'ir vazn toifasida vakant qolayotgan chempionlik kamari uchun mazkur kamarning sobiq "egasi", braziliyalik 43 yoshli Glover Teysheyra (33-8) hamda amerikalik Jamal Xill (11-1-1) jang qiladi. Mazkur jang 2023 yilning 21 yanvar kuni Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida tashkillashtiralayotgan UFC 283 musobaqasi doirasida markaziy qarama-qarshilik sifatida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing