30 iyu 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Hindiston MMA promusheni afg'on jangchilariga taqiq qo'ydi
Afg'on MMAchilari Hindiston ligasida jang qila olmaydi.
Hindistonning Matrix Fight Night promousheni afg'onistonlik sportchilarga liga tashkil etgan turnirlarda qatnashishni butunlay taqiqladi. Bunday qarorga puerto-rikolik Set Rosario va afg'on Zahur SHoh o'rtasidagi jangdan keyingi shov-shuvli voqea sabab bo'ldi.
Birinchi raundda g'alabani puerto-rikolik jangchi qo'lga kiritdi, shundan so'ng oktagonda mushtlashuv boshlandi, jarayonda SHoh jamoasi azolari Rosarioning sekundantlaridan birining jag'ini sindirishdi.
Afg'on muxlislari ham tartibsizliklarda faol ishtirok etib, Rosario jamoasi tomon shisha uloqtirishgan. SHuningdek, afg'onistonlik bir necha o'nlab tomoshabinlar puerto-pikolikning sekundantlarini g'isht bilan quvlagan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar