So’nggi yangiliklar

11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0 10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0 09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0

25 fev 14:50
Yangiliklar

Taekvondo

Hozircha bizda 3 oltin, 2 kumush, 8 bronza

SHu kunlarda BAAning Fujayra shahridagi “The Sport Hall” sport zalida WTF G1 toifasiga kiruvchi “Fujairah Open” xalqaro turniri bo'lib o'tyapti.

Unda sayyoramizning eng etakchi sportchilari, o'smirlar va kadetlardan iborat 547 nafar taekvondo ustasi bahs olib bordi. Turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etmoqda.

Bosh murabbiy Akmal Ergashev va murabbiy Jasur Boyqo'ziev qo'li ostida kattalar terma jamoasi tarkibida Valentin Xegay (-54 kg), Bahrom Abdullaev (-54 kg), Temur O'rolov (-58 kg), SHuhrat Salaev (-63 kg), SHahboz Tusmatov (-68 kg), Nikita Rafalovich (-74 kg), SHahboz SHofayziev (-74 kg), Maksim Rafalovich (-80 kg), Mirzonozim SHaropov (-87 kg), Javohir Dehqonov (-87 kg), Davronbek Azimov (-87 kg), SHohrux Rajabov (+ 87 kg), Nazokatxon Najmitdinova (-53 kg), CHaros Qayumova (-57 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg), Maftuna Ergasheva (-73 kg), Svetlana Osipova (+73 kg) ishtirok etishyapti.

Abduvohid Rahimov boshchiligidagi o'smirlar va Sobir Nazaralievning kadetlar jamoasiga xalqaro musobaqada katta ishonch bildirildi. 

Jumladan, o'smirlar tarkibida Zuhra Ochilova (-63 kg), Feruza Sodiqova (-63 kg), Mushtariybegim Mavlonova (-55 kg), Madinaxon Qurbonalieva (-55 kg), Abdulaziz Hamidullaev, Abdulaziz Mahmudov (-73 kg), Islom Yo'ldoshev (-78 kg), Dinora Muxtorova (-44 kg) Vatanimiz sharafini himoya qilgan bo'lsa, kadetlar safida Feruza G'ozieva (-33 kg), Madina Ro'zieva (-37 kg), Umidaxon Hasanova (-41 kg), Madinabonu Abduqahhorova (-44 kg), Iroda Mirtojieva (-55 kg), Daniil Kim (-33 kg), SHahzod Ibragimov (-33 kg), Amirbek To'raev (-37 kg), Azizbek Rahmonberdiev (-45 kg), Asadbek Xolbo'taev (-57 kg), Abdulbosid Mamatxonov (-51 kg), Jasurbek Jaysunov (-59 kg), Abdulaziz Hamidullaev (-63 kg) Fujayra dayanlarida o'zlarini ko'rsatishmoqda.

Kadetlar tarkibida dastlabki kuni Daniil Kim, Amirbek To'raev, Azizbek Rahmonberdiev oltin, Javohir Xolmurodov kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, kattalar jamoasi sharafini himoya qilgan Temurbek O'rolov delegaciyamizga bronza medalini keltirdi. 

Ikkinchi kuni o'smirlar hisobiga Islom Yo'ldoshev, Dinora Muxtorova, Feruza Sodiqova bronza medalini yozib qo'ygan bo'lsa, kattalar tarkibida harakat qilgan Nikita Rafalovich kumush, Maftuna Ergasheva, Svetlana Osipova, Valentin Xegay bronza medali bilan kifoyalanishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing