So’nggi yangiliklar

16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0

07 sen 20:06
Yangiliklar

Qishki sport turlari

"Humo" xokkey klubining ramzi tasdiqlandi FOTO

Teglar :  XokkeyToshkentHumo
Ertaga soat 19:00da Toshkent shahri Sayilgoh (Brodvey) ko'chasida "Humo" xokkey klubining taqdimoti bo'lib o'tadi.

Ushbu taqdimotda klubning o'yinchilari, murabbiylari va rahbariyat xodimlari ishtirok etadi. SHu bilan birga, taqdimot dasturidan o'zbek milliy liboslarini kiygan mo'ylovli yigitlar maskat shousi ham o'rin olgan.

«Humo» xokkey klubi ushbu mavsumda Oliy xokkey ligasida (VXL) o'ynashni boshlaydi.

Ushbu klub 5 sentyabrdan o'zining hchumo.uz internet-saytini ishga tushirdi. Portalda siz klub yangiliklari bilan tanishishingiz, asosiy va zaxira guruhlarning tarkibi, statistikasi, shuningdek boshqa malumotlarni topishingiz mumkin. Oliy xokkey ligasi taqvimi veb-saytda elon qilingan va muxlislar «Humo»ning Toshkentdagi navbatdagi o'yinlariga chiptalarni onlayn ravishda 10 mingdan 75 ming so'mgacha sotib olishlari mumkin.

«Humo Arena»da toshkentliklarning dastlabki uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi. «Humo» VXLdagi dastlabki tarixiy o'yinini 11 sentyabr kuni «Ryazan» xokkey klubiga qarshi o'tkazadi. Hamyurtlarimiz 13 sentyabr kuni Qozonning «Bars» hamda 15 sentyabrda Nijniy Novgorodning «Torpedo-Gorkiy» jamoalariga qarshi muz ustiga tushadi.

Ikkinchi xokkey klubi - «Humo-2» esa Qozog'iston chempionatida o'z o'yinlarini boshlaydi. Jamoa dastlabki o'yinlarni 6 va 7 sentyabr kunlari «Pavlodar-Irtysh»ga qarshi o'tkazdi. «Humo-2»ning birinchi mezbonlik o'yini 15 sentyabr kuni Qozog'istonning «Almata» xokkey jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Oliy xokkey ligasi (VXL) ochiq xalqaro xokkey ligasi bo'lib, ayni paytda Rossiyada Kontinental xokkey ligasidan (KXL) keyingi ikkinchi eng kuchli professional liga hisoblanadi. VXLda Rossiya klublari, shuningdek, Xitoy va Qozog'istondan uchta jamoa ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing