26 iyu 09:32
Yangiliklar
"Humo" yangi mavsum hamda VXLga tayyogarlik ko'rmoqda! FOTOREPORTAJ
Joriy yilning iyun oyida jamoa ilk mashg'ulotini Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida boshlagandi. Ayni kunlarda esa jamoa “Humo Arena” ko'p tarmoqli sport majmuasida mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib bormoqda.
Tayyorgarlik jarayoni 4 avgustga qadar davom etadi. So'ngra xokkeychilarimiz yana Nijniy Novgorodga qaytib, uchinchi yakuniy bosqichni o'tashadi. SHundan so'nggina tarkibning to'la shakllangan ro'yxati elon qilinadi. Hozirda 35 nafar xokkeychi asosiy tarkibga o'tish uchun muz ustida mashg'ulotlarni o'tashmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Humo” yangi mavsumni 10 sentyabr kuni Xitoyda “Ceng Tou” jamoasiga qarshi boshlaydi. Toshkentdagi dastlabki uchrashuv esa 26 sentyabr kuni “Dinamo Tver” klubi bilan bo'lib o'tadi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar