21 iyu 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodov braziliyalik sportchi bilan jang qiladi (POSTER)
25 iyul kuni Qozog'istonning Konaev shahrida MMA bo'yicha Octagon 89 turniri o'tkaziladi.
Musobaqada o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov ham ishtirok etadi.
Unga o'sha kuni braziliyalik aralash yakka kurash ustasi Viktor Romero raqib bo'ladi. Bahs engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Avvalroq, turnirda yana bir hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov ham jang qilishi haqida xabar bergandik.
Malumot uchun, Humoyun "Borz" To'xtamurodov faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Romero hisobida esa 14 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar