18 noy 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Humoyun To'xtamurodov "Muradov Professional League" bilan shartnoma imzoladi + FOTO
MMA jangchisi Humoyun To'xtamurodov Mahmud Muradovga tegishli liga bilan kelishuvga erishdi.
Bu haqda sportchining o'zi Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda.
«Muradov Professional League bilan shartnoma imzoladim. Bu xabarni birinchi bo'lib siz aziz muxlislarim bilan bo'lishishni istadim. Sizlarning duoalaringiz va qo'llab-quvvatlashingiz bilan In SHaa Alloh, buyuk marralarni zabt etamiz», - deya tegishli suratni ilova qildi To'xtamurodov tarmoqda.
Olamsport.com sayti Humoyun To'xtamurodovning yangi ligadagi faoliyatiga omad tilaydi!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar