So’nggi yangiliklar

08:35Равшан Ҳайдаров кечаги аламли мағлубиятга изоҳ берди 0 08:14Tata Steel Chess 2026. Синдаров 1-турда амалдаги жаҳон чемпиони, Абдусатторов 14 ёшли гроссмейстер билан ўйнади 0 07:53Хорхе Масвидаль Оқ уйдаги катта жангга ишора қилди 0 07:32WBA Жервонта Дэвисни қонун билан боғлиқ муаммолари сабаб "таътилга" чиқарди 0 19:14U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Хитойга ютқазди 0 17:33Биринчи ракеткамиз Australian Open 2026 жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади 0 17:12"Навбаҳор" Туркияда кимлар билан ўйнайди? 0 16:51Дана Уайт Жошуа - Пол жанги ҳақида: "Бунга алоқадор ҳар бир киши уялиши керак" 0 16:30Топ ярим энгил вазнлилар UFC Fight Night 269 турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 16:09"У ҳатто яхши орзу қилишни ҳам билмайди". Топурия — Махачевнинг уни мағлуб этиши ҳақида 0 15:48Арбелоа жамоанинг ҳолати ҳақида: "Алонсони айбламайман" 0 15:27"Мураббийларим билиб қолишса, мени ўлдиришади" — Холлоуэй Оливейрани қандай мағлуб этишини ошкор қилди 0 15:06Пимблетт UFC тарихидаги тўрт буюк жангчини санади, рўйхатга Хабиб ва Жонс киритилмади 0 14:45Дарья Касаткина расман Австралия фуқаролигини олди + ФОТО 0 14:24"Барселона"нинг собиқ устози "Реал"ни бошқариши мумкин 0

09 fev 15:37
Yangiliklar

Dzyudo

Iftixor. Yurt shanini elkaga olib

“El ori er bo'ynida”, deyishadi. Bu tarifni bemalol dzyudo bo'yicha Toshkent viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi Avaz Korganovga nisbatan ishlatish mumkin.

CHunki u bolaligidan hozirga qadar dzyudo gilamida Vatani, jamoasi manfaatini, yutuqlarini munosib himoya qilib kelayotir. Korganov 2007 yil, 19 yoshida mamlakat chempioni bo'lib, mamlakat milliy terma jamoasiga qabul qilindi. Terma jamoa safida  2008 yilda Tokioda o'tgan jahon chempionatida jamoaviy bahslarda kumush medalga erishdi.

Bosh jamoa safida unga 2009 yil Turkiyada, 2011 yil Eronda, 2012 yilda Toshkentda o'tgan xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olish nasib etdi. Jarohati tufayli London-2012 Olimpiadasida qatnasha olmagan bo'lsa-da, o'zi sevgan sportni tashlab ketmadi. Aksincha, maydonga murabbiy sifatida qaytishga muvaffaq bo'ldi. Bir muddat Sergeli tuman sport maktabida murabbiylik qildi, so'ngra uch yil davomida Janubiy Koreyada ham faoliyat ko'rsatdi. 

2021 yildan CHirchiq shahar sport maktabida dzyudo bo'limida ishlash asnosida ko'plab yoshlarni o'z ortidan ergashtira oldi. Yaniki, shogirdlarini ham o'zi kabi dyuzdo gilamidan g'olibona tark etishga o'rgatdi va o'rgatmoqda. Dzyudo sirlarini o'rganayotgan 50 nafardan ortiq o'g'il-qiz orasida iqtidorlilari talaygina. Jumladan, Bekzod Adhamov, Firdavs Fovorisov, Ashraf Qurbonov, Azizbek Tursunboev singari shogirdlari ustozi kabi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilishgan.

— Yoshim 12 da, — deydi bir necha bor o'z tengqurlari orasida respublika chempioni bo'lgan Bekzod Adhamov. — Ustozimiz Avaz aka mashq paytida usullarni juda chiroyli bajarib ko'rsatadi. Maqsadim — musobaqalarda ko'proq qatnashib, katta sportda ham yaxshi natijalarga erishmoqchiman. Ustozim jarohat olgani sabab Olimpiadada qatnasholmagan ekan. Katta bo'lsam, Olimpiadaga chiqib, ketma-ket g'alabalarga erishishni, ustozim va ota-onamni xursand qilishni istayman!

Qaerdaki, rahbar fidoyi bo'lsa, o'sha joyda natija ham, o'sish ham tezda ko'zga tashlanadi. CHirchiq shahar sport maktabi direktori Suhrob Sultonov nafaqat muassasa tarbiyalanuvchilariga, balki Toshkent viloyati terma jamoasiga ham mashg'ulotlari uchun qulay va zarur sharoitlarni yaratib bergan. CHunki u dzyudo kurashi bo'yicha viloyat sport federaciyasi rahbari. 

Ayni paytda viloyat terma jamoasi may oyida Nukus shahrida o'tadigan O'zbekiston kubogi bahslariga qizg'in hozirlik ko'rayotir. SHuni alohida takidlash lozimki, viloat termasining 5-6 nafar azosi dzyudo bo'yicha mamlakat terma jamoasi murabbiylarining ham ro'yxatidan o'rin olgan. Maqsad — ularning sonini yanada oshirish, yaratilgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish. CHirchiq shahar sport maktabining dzyudo zali o'zining kengligi, yorug' va ozodaligi bilan shug'ullanuvchilarga qo'shimcha kuch, ishtiyoq bag'ishlab turadi. Ustozning dil so'zlariga quloq tutamiz.

— 2025 yil shogirdlarim, hatto o'zim uchun ham  juda ko'p yirik  musobaqalarga boy yil, — dedi Avaz Korganov biz bilan suhbatda. — O'tgan yil noyabr oyida AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatida  90 kg. vazn toifasida italiyalik, braziliyalik, AQSH hamda franciyalik kurashchilarni yutib, finalda estoniyalik kurashchiga boy berib qo'ydim. Endi joriy yilda bu natijamni yaxshilamoqchiman. Orzum - jahon chempionatining oltin medali!

Bungacha esa may oyida Xitoy Taypeyi davlati mezbonlik qiladigan Butunjaahon masterlar o'yinlarida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish niyatim bor. Qolaversa, Toshkent viloyatidan respublika terma jamoalariga munosib o'rinbosarlar tayyorlab bersak, muxlislarimizni xursand qilgan bo'lar edik.

SHu o'rinda bizga barcha sharoitlarni muhayyo qilayotgan CHirchiq shahar  sport maktabi direktori hamda dzyudo bo'yicha Toshkent viloyati federaciyasi rahbari Suhrob Sultonovning jonkuyarligini, fidoyilik bilan qilayotgan say-harakatlarini etirof etishni o'rinli deb bilaman...  

Ha, sportchilik, murabbiylikning mashaqqati og'ir. Ammo oylab-yillab qilingan mashqlar musobaqalarda g'alabalar sari boshlasa, sizni umid bilan qo'llab-quvvatlayotgan ko'p sonli ishqibozlarni xushnud etsa, chekkan barcha zahmatlaringiz unut bo'ladi. Vatan orini elkaga olish, yurt shanini himoya qilish saodati, baxti ham aslida shu bo'lsa kerak!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing