01 may 09:07
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek Mutua Madrid Open 1/8 finalida
Madridda o'tkazilayotgan Mutua Madrid Open turnirining ikkinchi hafta bahslari boshlandi.
Dunyoning birinchi raketkasi Iga Svyontek nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Polshalik tennis malikasi uchinchi davrada WTA reytingida 32-o'rinni egallab turgan amerikalik Bernardu Perani 6/3, 6/2 hisoblarida mag'lub etdi.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Svyontek 4, Graber 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. 21 yoshli Iga o'zining grunt qoplamadagi 50-g'alabasini tantana qildi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar