20 may 15:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/219322_220.jpg)
Ijodiy guruhimiz Qo'qonda. Birozdan so'ng Face to Face marosimi boshlanadi
Turnir doirasida bir-biridan qiziqarli 14 ta jang o'tkazilishi rejalashtirilgan. Markaziy jangda hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik Esengulovga qarshi oktagonga ko'tariladi. Asosiy karddan o'rin olgan Avliyoxon Hamidov, Ramazon Temirov ishtirokidagi janglar ham aralash yakkakurash ishqibozlarida katta qiziqish uyg'otmoqda.
Uch kishidan iborat ijodiy guruhimiz ham ushbu MMA turnirini voqea joyidan yoritish maqsadida bugun erta tongda Qo'qon shahriga jo'nab ketgan. Bugun birozdan so'ng, aniqrog'i, soat 18:00da ertangi oqshom ishtirokchilarining Face to Face marosimi hamda matbuot anjumani boshlanadi.
SHunday ekan, voqealar rivojini biz bilan birgalikda kuzatib boring. Muxbirlarimiz voqea joyidan qaynoq xabarlarni sizu biz bilan baham ko'rishadi.
Fikrlar