19 iyu 13:53
Yangiliklar
Ot Sporti
Ikki nafar konkurchimiz jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi
18-23 avgust kunlari Germaniyaning Axen shahrida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Xalqaro ot sporti federaciyasi mazkur musobaqaning saralash davri bo'yicha yakunlarni elon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari Abdurahmon Abdullaev va Bekzod Qurbonov dunyo birinchiligida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi. CHavandozlarimiz jahon chempionatida 155 va 160 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bahslarida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishadi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar