19 iyu 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki raundda 48 ta zarba o'tkazib yuborgan Smit shifoxonaga olib ketildi
32 yoshli amerikalik bokschi Jo Smit WBC, IBF va WBO chempionlik kamarlari uchun kechgan bahsda rossiyalik Artur Beterbievga ikkinchi raundda nokautga uchraganidan so'ng kasalxonaga yo'l oldi.
ESPN + manbalariga ko'ra, Jo Smit hozirda shifokorlar kuzatuvida va kasalxonaga olib ketilgan. Statistik malumotlarga ko'ra, u Beterbievning 48 ta zarbasini o'tkazib yuborgan, javoban atigi 11 tasi aniq zarba yo'llagan.
Eslatib o'tamiz, umumiy hisobda mag'lub bo'lmagan Beterbiev hozirda 18 ta jangda 18 ta g'alabaga erishgan. U barcha janglarda nokaut evaziga g'alaba qozongan. Smit esa faoliyati davomida 32 ta jang o'tkazgan, bu janglarning28 tasida g'alaba qozongan va to'rt marta mag'lubiyat alamini tortib ko'rgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar