26 iyu 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/224648_220.jpg)
Ikki yo'nalish chempioni Murodjon Ahmadalievni jangga chorladi
Bugun bokschimiz Murodjon Ahmadaliev amerikalik Ronni Riosni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu jangdan so'ng Ahmadalievning vaznida WBC va WBO kamarlari sohibi hisoblangan Stiven Fulton WBA va IBF yo'nalishi chempioni Murodjonni jangga chorladi.
"Kel, bu jangni amalga oshiramiz", - deb yozdi u tvitterda bokschimizga murojaat qilib.
Ahmadaliev va Fulton o'rtasidagi jang g'olibi vaznda mutlaq chempionga aylanadi. Bokschimiz katta ehtimol bilan navbatdagi jangini aynan Fultonga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar