21 sen 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45445_220.jpg)
Ikki yo'nalish chempionining raqibi malum bo'ldi
Professional boksning engil vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni engilmas Mayki Garsiya (39-0, 30 KO) o'zining navbatdagi himoya jangini o'tkazadi.
Garsiyaning navbatdagi raqibi Richard Kommi (27-2, 24 KO) bo'ladi. Ushbu chempionlik jangi yil oxirigacha o'tkazilishi kerak. IBF tashkiloti jangga egalik huquqi uchun 25 sentyabr kuni promouterlar o'rtasida ochiq savdo uyushtiradi.
Takidlash joiz, aslida Garsiya Errol Spensga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirgandi. Aftidan ushbu jang keyinroqqa ko'chiriladi. Garsiyaning asosiy maqsadi Vasiliy Lomachenko bilan jang o'tkazish. Ukrainalik jahon chempioni tez orada Xose Pedrasaga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar