So’nggi yangiliklar

16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0

14 iyu 13:04
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ikki yurtdoshimiz xokkey bo'yicha trener-o'qituvchi diplomini qo'lga kiritdi

Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirish masalasiga ham alohida etibor qaratgandi.

Xususan, joriy yil 15 mart kuni poytaxtimizda barpo etilgan ko'p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi foydalanishga topshirildi, Samarqand shahrida ham muz saroyi qurilishi boshlab yuborildi, bir qator viloyatlarda muz saroylarini qurish rejalashtirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan mazkur inshootlardan yanada samarali foydalanish, yoshlarimizni qishki sport turlari bilan munosib shug'ullanishlari uchun ilg'or xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda malakali trenerlar tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

photo5194931784427613026.jpg

Jumladan, o'tgan yilning oktyabr oyida Rossiyaning P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti rahbariyati bilan bir necha marotaba muzokaralar o'tkazilib, hamkorlikda trenerlar tayyorlash bo'yicha kelishuvga erishilgandi.

Ikki tomonlama hamkorlik shartnomasiga asosan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'qituvchilari Davletmurodov Sulton va Karimov Abduhamid P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetiga o'qishga yuborildi.

Universitetning Trenerlar tayyorlash oliy maktabi dasturiga asosan “Yuqori malakali xokkeychilarni tayyorlash nazariyasi va metodikasi” professional qayta tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugallagan yurtdoshlarimizga xokkey bo'yicha trener-o'qituvchi diplomi topshirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy sayti malum qildi.

Ushbu mutaxassislar O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ochilishi rejalashtirilgan xokkey yo'nalishiga qabul qilinadigan talaba-yoshlarni o'qitish metodlari, fan o'quv dasturlari, o'quv rejalarini ishlab chiqish bo'yicha faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda Rossiya Federaciyasining P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetining O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida O'zbek-Belarus hamda O'zbek-Rus qo'shma fakultetlarini tashkil etish to'g'risidagi Hukumat qarori loyihasi elon qilingan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing