06 iyu 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya: "Keyingi raqibim kim bo'lishini bilaman"
UFC chempioni Iliya Topuriya o'zining keyingi raqibi haqida gapirdi.
Ispaniya va Gruziya bayroqlari bilan o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Iliya keyingi raqibi angliyalik Peddi Pimblett bo'lishiga ishonch bildirdi.
"Hozirgi paytda real raqib — Pimblett. [Peddidan farqli ravishda] men hech qachon uni oxirgi daqiqagacha qiynalishini xohlayman, deb aytmaganman. Bu mening uslubim emas. Jangni imkoniyat tug'ilgan zahoti yakunlayman", — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar