05 iyu 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya: "Uchta UFC kamarini qo'lga kiritgan birinchi jangchi men bo'laman"
Engil vazn toifasida UFC chempioniga aylangan yarimengil vaznning sobiq chempioni Iliya Topuriya Liga rahbarlariga yarimo'rta vaznga o'tish haqida gapirmaslikka vada berganiga qaramay, uchinchi chempionlikni qo'lga kiritish niyatida ekanini aytdi.
Eslatib o'tamiz, yarimo'rta vazn toifasi chempioni Jek Della Maddalena o'z unvonini Islom Maxachevga qarshi jangda himoya qiladi. Jangchilar o'rtasidagi bahs noyabr oyida Nyu-Yorkdagi turnirda bo'lib o'tishi kutilmoqda.
"Ideal holda, Islam Maxachev chempion bo'lishini istardim, UFC esa menga yarimo'rta vazn toifasiga ko'tarilib, uchinchi kamarni qo'lga kiritishimga ruxsat beradi. Men har doim aytganman, agar kimdir buni uddalagan bo'lsa, men ham qila olaman. Agar buni hali hech kim bajarmagan bo'lsa, unda aynan men birinchi bo'laman. SHuning uchun men bu onlarni intiqlik bilan kutaman", dedi Topuriya.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar