06 okt 11:38
Yangiliklar

Iliya Topuriyaning ilk himoya jangi uchun raqib berildi. Dana ham buni tasdiqladi
Reja bo'yicha ispaniyalik aralash yakkakurash ustasi yanvar oyida Los-Anjelesda tashkil etiladigan UFC turnirida o'z jangini o'tkazadi. Uning raqibi reytingda kuchli beshlikni yakunlab turgan amerikalik Jastin Getji bo'ladi. Bu haqda Iliyaning jamoasiga yaqin bo'lgan sport sharhlovchisi Alvaro Kolmenero malum qildi.
"UFC yangi televizion shartnomani yanvar oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan Iliya Topuriyaning jangi bilan boshlamoqchi. Bu jangda raqib Jastin Getji bo'ladi", - dedi muxbir Eurosport efirida.
Liga rahbari Dana Uayt ushbu malumotni bilvosita tasdiqlab, Las-Vegasda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida tashkilot yanvar oyida Paramount media-konglomerati bilan etti yillik hamkorlikni boshlaydigan ulkan shou tayyorlayotganini malum qildi. Tashkilot taqvimiga ko'ra, ushbu shou UFC 324 raqamli turniri bo'ladi.
Fikrlar