So’nggi yangiliklar

13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0

01 avg 12:09
Yangiliklar

Futbol

Infantino JCH-2026`dagi ulushni sotish rejasi va boykotlar bo'yicha gap-so'zlarga nuqta qo'ydi

Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Jahon chempionatining tijorat huquqlarini boshqarish bo'yicha yangi tuzilmani yaratish tashabbusi muhokama bosqichida ekanini malum qildi.

Loyihani amalga oshirish faqatgina dunyo futbol associaciyalarining roziligi bilan mumkin bo'ladi.

"Agar va faqat agar bizning taklifimiz 211 ta azo-associaciyalarimiz va FIFA Kengashining ko'pchiligi tomonidan maqullansa, tijorat faoliyati va tadbirlarni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi, FIFAga tegishli va uning nazorati ostida bo'lgan sho'ba kompaniya tashkil etiladi. Hozirda biz maslahatlashuv jarayonini boshlash bosqichidamiz. Bu demokratik jarayonning bir qismi bo'lib, bu shunchaki loyiha, majburiyat emas.

Ushbu qiymatni yuzaga chiqarish uchun sportni boshqarish va rivojlantirish bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha bilim va tajriba talab etiladi. Bu butun dunyoda futbolni rivojlantirishni jadallashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir. FIFA turnirlarining yuragi va joni bo'lmish muxlislarga kelsak, bu borada hech narsa o'zgarmaydi. Muxlislar ajoyib o'yinning tamal toshi bo'lib qolaveradi va ular tomosha qiladigan hamda yaxshi ko'radigan sport o'zgarmaydi. Nima bo'lgan taqdirda ham, FIFA hech qanday tashqi aralashuvlarsiz futbolni boshqarishda davom etadi", — deya Infantinoning so'zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing