31 dek 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Ingliz nashri SHavkat Rahmonovni o'zbekistonlik deb atadi
Daily Mail nashri Qozog'iston sharafini himoya qiluvchi UFC jangchisi SHavkat Rahmonovni 2023 yilning yorqin jangchilaridan biri bo'lishini kutmoqda.
O'z navbatida, maqolada Rahmonovni o'zbekistonlik sifatida qayd etishgan.
"Rahmonov - ushbu ro'yxatdagi taniqli nomlardan biri. Lekin ko'rinishidan 2023 yil u uchun muvaffaqiyatli yil bo'ladi.
28 yoshli jangchi UFCdagi har bir chiqishida ajoyib harakat qildi, 4 ta jangning barchasida raqibini nokautga uchratdi.
O'zbekistonlik sportchi ayni paytda reytingda 10-o'rinni egallab turibdi. Ammo yarimo'rta vazn toifasidagi har qanday nomga qarshi jang qilishga tayyor.
Kolbi Kovington va Gilbert Byorns u bilan qachondir albatta uchrashadi.
U chempionlik uchun tayyor. Ammo yarimo'rta vaznda yana bir qator ajoyib jangchi bor", - deyiladi nashr xabarida.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar