15 apr 19:10
Yangiliklar
"Inter"ni sotib olishga davogarlar paydo bo'ldi
Bahraynlik sarmoyadorlar va "Lids" egalaridan biri Andrea Radriccani "Inter"ni xarid qilish haqida o'ylashmoqda. Bu haqda "Bloomberg" xabar bermoqda. Ehtimoliy bitim summasi 1 milliard evroni tashkil qiladi.
Radriccanidan taklif bo'lish-bo'lmasligi u "Lids"dagi ulushini NFLning "San-Francisko" klubining amerikalik egalariga sotishiga bog'liq. "49ers Enterprises" kompaniyasi "Lids"ning 44% va Radriccani esa 56% akciyasiga egalik qiladi. Bu esa, o'z navbatida, joriy mavsum yakunida klubning Premer-ligada qolishiga bog'liq.
"Inter" uchun taklifni ko'rib chiqayotgan sarmoyadorlar orasida o'tgan yili "Milan"ni sotib olishga davogarlik qilgan Bahraynning "Investcorp" kompaniyasi ham bor. Ushbu dasturning bir qismi sifatida Bahrayndan boshqa investorlar ham qo'shilishlari mumkin.
Avvalroq "Inter" Inzagining o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ygani xabar qilingan edi.
Fikrlar