So’nggi yangiliklar

14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0 22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0 18:24"Насаф"нинг Осиё Чемпионлар Лигаси 2 мусобақаси 1-туридаги рақиби ҳақида 0 17:45Акбар Абдуллаев ва яна 3 нафар спортчи DWCS турниридан кейин UFC билан шартнома имзолади 0 17:12Сув полочи қизларимизнинг Осиё ўйинларида қатнашадиган таркиби эълон қилинди 0 16:30Царукян тасдиқлади: UFC юлдузи Руффига қарши жангда унинг бурчагида бўлади 0

26 okt 13:12
Yangiliklar

Dzyudo

Irodali murabbiy Avazbek Korganov bilan yaqindan tanishamiz

Oiladagi muhit, ota-onasining to'g'ri tarbiyasi, akalarining sport bilan hamnafasligi bo'lmaganida Avazbek na sportchi va na bu qadar salmoqli natijalarga erishmagan bo'larmidi?

Avazbek Korganovga bugun ko'pchilik havas qiladi. Keling, barchasini boshidan boshlaymiz. U 1988 yilda CHimkent shahrida tug'ildi. Avazning akalari Alisher va Anvar dzyudo mashg'ulotlariga qatnar, katta-kichik musobaqalarda ishtirok etib, medallarni qo'lga kiritadi. 

SHu sabab yosh Avazbekda ham dzyudoga bo'lgan qiziqish ortib, hali maktabga qadam qo'ymasdan CHirchiq shahridagi "Kimyogar" sport majmuasi tomon yo'l oldi. "Kimyogar"dagi dzyudo sekciyasida ilk ustozlari, tajribali murabbiylar Viktor Galkin va Andrey SHturbabin qo'l ostida mashg'ulotlarga tezda kirishib ketdi. Avazbekdagi iqtidorni anglagan murabbiylari uni bellashuvlarda sinab ko'rishga qaror qilishdi. 

Dastlab  shahar, so'ngra viloyat birinchiligida g'alabalar qo'lga kiritildi. Yosh dzyudochi endi mamlakat miqyosidagi musobaqalarda ishtirok eta boshladi. Ilk bor 1999 yili Qarshi shahrida o'tgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 45 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.  

2000 yil Samarqandda o'tgan mamlakat chempionatida uchinchi, 2001 yil Qarshida tashkil etilgan O'zbekiston chempionatida ikkinchi, 2004 yil Xorazmda bo'lgan chempionatda esa birinchi o'rin qo'lga kiritildi. 2005 yil Qarshida o'tgan yoshlar o'rtasidagi mamlakat chempionatida yana shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi. 

Ketma-ket O'zbekiston chempionati va turnirlarda   kuchli uchlikdan joy olib kelayotgan Avazbek 2003 yilda CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga (o'sha paytdagi CHirchiq OZK) o'qishga qabul qilindi. Markazdagi dzyudo bo'yicha ustozlari Iskandar Rasulov, Server Murodasilovlar qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirgan Avazbek kattalar o'rtasidagi chempionatlarda ham ishtirok eta boshladi. 

2006 yil Samarqand mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 73 kg. da ikkinchi, 2007 yili CHirchiq shahrida o'tgan mamlakat chempionatida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Avazbekni milliy terma jamoasiga qabul qilishdi. 

Terma jamoa safidan munosib joy olgan Avazbek Korganov 2007-2008 yillari Eron, Hindiston, Qozog'iston davlarida tashkil etilgan xalqaro turnirlarda medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Andrey SHturbabin qo'l ostida shov-shuvli natijlarga erishib borayotgan Avazbek 2008 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha jamoaviy jahon chempionatida o'sha paytdagi eng nomdor dzyudochilar Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov, O'tkir Qurbonov, Xurshid Nabiev, Navro'z Jo'raqobilov hamda Mirali SHaripov bilan birgalikda jamoaviy bahslarda ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lishdi.

Andrey SHturbabin bosh murabbiyligidagi jamoaga 2009 yil Turkiyada, 2011 yil Eronda, 2012 yilda Toshkentda o'tgan xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olish nasib etdi. London-2012 Olimpiya o'yinlariga etarlicha ochko to'plagan holda bir olam orzular bilan mashg'ulotlarni davom ettirayotgan paytda bexosdan orttirilgan beldagi jarohat Avazbekning eng nufuzli musobaqada ishtirok etish orzusini armonga aylantirdi. Biroq qahramonimiz sportdan chekinmadi. Jarohati tuzalgach yana sportga qaytdi. Endi sportchi bo'lib emas, dzyudo bo'yicha murabbiy sifatida.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Arslon Elov, SHuhrat Arslonov kabi etuk mutaxassislar ustozligida tahsil olib, oliy malumotli murabbiy diplomiga ega bo'lgan Avazbek bir muddat Sergeli tuman sport maktabida murabbiylik qildi. So'ngra 2017 yildan 2020 yilgacha uch yil davomida Janubiy Koreyada ham dzyudodan murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatdi. 

U 2021 yildan boshlab esa CHirchiq shahar sport maktabida dzyudodan o'g'il-qizlarga saboq berib kelmoqda. Avazbekning takidlashicha, Sport maktabi direktori Suxrob Sultonov boshchiligida bolalarning sport bilan shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Hozirda Avazbek Korganov qo'l ostida dzyudo sirlarini o'rganayotgan 50 nafardan ortiq o'g'il-qiz orasida iqtidorlilari talaygina. Bekzod Adhamov, Firdavs Fovorisov, Ashraf Qurbonov, Azizbek Tursunboev singari shogirdlari ustozi kabi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilishgan va bunga erishmoqdalar. 

Dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi va yirik xalqaro musobaqalarning shoda-shoda medallari sohibi hisoblangan qahramonimiz hozirda CHirchiq shahar sport maktabida dzyudo bo'yicha oliy toifali murabbiyi bo'lib faoliyat yuritmoqda. 

Darvoqe, Avazbek Korganov sportdagi yurishini ham davom ettirmoqda. U 2023 yilda Abu Dabi shahrida faxriylar o'rtasida dzyudo bo'yicha tashkil etilgan jahon chempionatida 81 kg vaznda bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, joriy yil Latviyaning Riga shahridagi Evropa Ochiq chempionatida oltin medalga sazovor bo'ldi. Polshada o'tkazilgan Evropa Ochiq chempionatida ham bronza medaliga erishdi.

Endigi bor etibor noyabr oyida faxriylar o'rtasida AQSHning Las-Vegas shahri mezbonligida o'tadigan jahon chempionatiga qaratilgan. Ha, Avazning akalari mamlakat chempioni bo'lishgandi. Alisher Korganov dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, Anvar esa dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempioni va turnirlar g'olibi sifatida tanilgandi. 

Ko'z tegmasin, Avazbekning natijalari yanada zalvorli bo'lmoqda. Demak, inson o'z matonati, mehnati va irodasi bilan barcha havas qilarli yutuqlarga va ibratli hayot yo'liga erishmog'i mumkin ekan...  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing