04 noy 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev Konor Makgregorga "otvet" qildi + FOTO
Engil vazn toifasi UFC reytingida 4-o'rinni egallab turgan Islam Maxachev Konor Makgregorning so'zlariga javob qaytardi.
Irlandiyalik sobiq jahon chempioni Maxachev qo'llagan kimura usulidan oson chiqib ketishini aytgan edi. Islam aynan shu usul bilan Den Xukerni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratgandi.
"Men undan ildizi bilan sug'urib olgan bo'lardim", - deya Instagram sahifasida izohli xabar qoldirgan Maxachev.
Makgregor o'z intervyusida Xukerga bunday holatlarda qanday himoyalanish, parter holatida tizza bilan raqib bosh qismiga zarba berish orqali kimura usulidan chiqib ketish mumkinligini o'rgatgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar