05 avg 08:28
Yangiliklar
Islam Maxachev Maykl Morales bilan jang qilish shartini aytdi
Biroq divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachev bu holat ekvadorlik jangchini navbatdagi davogarga aylantiradi deb hisoblamaydi.
"Hozir divizionda davogarlar juda ko'p. O'ylashimcha, u Prates yoki SHavkat Rahmonov bilan jang qilishi kerak. Davogarlar juda ko'p va biz ularning orasida kim birinchi raqamli davogar ekanini aniqlab olishimiz kerak", — dedi rossiyalik jangchi MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Morales, agar unga zaxiradan chiqishga to'g'ri kelmasa, u holda aynan u chempionlik kamari uchun navbatdagi jangchi bo'lishini va titul jangining g'olibi bilan to'qnash kelishini malum qilgandi.
Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi jang kelasi hafta, 16 avgust tongida Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining markaziy voqeasi bo'ladi.

Fikrlar