17 may 23:26
Yangiliklar
Taekvondo
“Islom birdamlik o'yinlari”. Dmitriy SHokin vice-chempion!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari”ning navbatdagi kungi bahslari deyarli yakunlandi.
Afsuski, +87 kg vazn toifasida hamyurtimiz amaldagi jahon chempioni Dmitriy SHokin ozarbayjonlik mashhur taekvondochi Radik Isaevga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal bilan cheklandi.
Bugungi bahslarda qolgan ishtirokchilarimiz - Maksim Rafalovich, Nigora Tursunqulova va Svetlana Osipovalar bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Eslatib o'tamiz, kecha -58 kg vazn toifasidagi taekvondochimiz Niyoz Po'latov barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar