16 may 23:15
Yangiliklar
Taekvondo
“Islom birdamlik o'yinlari”. Ettinchi oltin muborak, taekvondochimiz shohsupada!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Bugun terma jamoamiz delegaciyasiga medallar shodasini keltirishi kutilgan taekvondochilarimiz musobaqadagi o'z ishtiroklarini boshlashdi. -58 kg vazn toifasidagi vakilimiz Niyoz Po'latov barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Po'latovning raqibi Lakexal Omar jiddiy jarohat olganligi sababli bahsni yakuniga etkaza olmadi. Natijada Niyoz Po'latov musobaqa g'olibi sifatida elon qilindi.
Bu terma jamoamizning musobaqadagi ettinchi oltin medali bo'ldi. Ettita oltin, 9ta kumush, 18ta bronza, jami 34ta medalni qo'lga kiritgan terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha yana uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar