15 may 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA, Gimnastika, Tennis, Dzyudo, Engil atletika, Karate
“Islom birdamlik o'yinlari”. Medallar jamg'arish bo'yicha 3-o'rindamiz!
SHu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Kecha musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimiz jami 13ta medalni qo'lga kiritishdi. Oltin medallarimiz soni 5taga etdi. Hisobimizda 4ta kumush, 12ta bronza, jami 21ta medal bor.
Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 7-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarilib oldik. 24ta oltin, 17ta kumush, 9ta bronza, jami 50ta medalni qo'lga kiritgan Ozarbayjon terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha 1-o'rinni band etgan.
Ikkinchi o'rindagi Turkiya terma jamoasi hisobida 20ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 14, bronza esa 15tani tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar