17 iyu 09:27
Yangiliklar
Futbol
Ispaniya - Argentina o'rtasidagi JCH-2026 finali hakamlari malum
JCH-2026 doirasidagi so'nggi bahs Ispaniya - Argentina o'rtasidagi final uchrashuviga hakamlar brigadasi tayinlandi.
Bu haqda FIFA o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.
Ispaniya — Argentina uchrashuvini sloveniyalik hakamlar boshqarib boradi. Finalda Slavko Vinchich bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Tomaj Klanchnik, Andraj Kovachich yordam beradi. To'rtinchi hakam — Adxam Maxadme, zaxira hakami esa Moxammad Al-Kalaf. Har ikkisi Iordaniyadan.
Eslatib o'tamiz, yarim finalda ispanlar Franciyani 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, argentinaliklar Angliyadan ustun kelishgan edi — 2:1.

Havola :
Fikrlar