02 iyu 09:55
Yangiliklar
Israel Adesanya: "Bu jang katta pul keltiradi"
"CHimaevning Gilbert Byorns bilan jangi menga yoqdi. Jangdan keyin: "Bu yigitning jasorati bor ekan", - dedim. Biroq, u Kamaru Usman yoki Leon Edvardsni mag'lub etadi, deb o'ylamayman. Visente Lyuke bilan jang ham unga qiyinlik qiladi.
Lekin agar Xamzat bu yigitlarning birortasini yutib, chempionlikka erishsa va uni bir necha bor himoya qilib, men bilan jang qilish istagini bildirsa, jangga rozi bo'laman.
Menga CHimaev yoqadi, chunki bu jang katta pul keltiradi. Quyiroqdagi vazn jangchilariga "vyzov" tashlashni yoqtirmayman, biroq bu "vyzov" emas. CHimaev o'rta vaznda jang qilgan, bu katta pulli jang va bu menga yoqadi", - dedi Adesanya.
Malumot uchun, Israel so'nggi bor joriy yil fevralida, Robert Uittakerga qarshi jang qilgan edi. Ertaga u kamarini Jared Kannonerdan himoya qiladi.
Avvalroq, Dana Uayt Adesanyaning navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytgan edi.
Fikrlar