04 jan 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Israel Adesanya: "Faoliyatim UFC’da yakunlanadi"
Yangi zelandiyalik 36 yoshli Israel Adasanya o'z kuchini professional boksda sinab ko'rishni yoki UFC’dan boshqa promoushenda jang qilishni rejalashtirmayapti.
"Mening faoliyatim UFC’da tugaydi. MMA - yakkakurashlarning oliy turi. Bu erda sen barcha azolaringdan, barcha mumkin bo'lgan texnik imkoniyatlardan foydalanasan", - deya Adesanyaning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.
Eslatib o'tamiz, Israel so'nggi bor 2025 yilning fevral oyida oktagonga ko'tarilgan edi. O'shanda u UFC Fight Night 250 turnirida Franciya sharafini himoya qilayotgan Nassurdin Imavovga ikkinchi raundda nokaut bilan imkoniyatni boy bergandi.
Adesanya - o'rta vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan. Uning faoliyatida 24 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Aralash yakkakurash ustasi 2018 yildan beri UFC’da o'z janglarini o'tkazib kelmoqda.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar