05 iyu 07:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Israel Adesanya: "Ketma-ket ikkinchi bor jangni yomon o'tkazgandekman"
Xabaringiz bor, yakshanba tongida Israel Adesanya Jared Kannonega qarshi jang qildi.
"Bu yomon jang bo'ldi. Bazida shunday ham bo'lib turadi, bu shunchaki meni asabiylashtiryapti. CHunki, ketma-ket ikkinchi bor jangni yomon o'tkazgandekman.
Gap boshqalarning bunga munosabatida emas. Gap men va jamoamda. Ular orqada turib: "Bilamiz, sen yomon jang qilding, ammo sen har doim eng zo'risan", - deyishadi. To'g'ri, biz har doim eng yaxshisi bo'lganmiz", - dedi Adesanya.
Eslatib o'tamiz, nigeriyalik MMA ustasi so'nggi bor yakshanba tongida, Jared Kannonega qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Israel Adesanyaning jangi tanqid qilingani va u tanqidchilarga javob qaytargani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar