03 iyu 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Israel Adesanya tarixiy natija arafasida
O'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya yana bir bor kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Asli kelib chiqishi nigeriyalik 32 yoshli bo'lgan Adesanya bugun amerikalik 38 yoshli Jared Kannoneni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Yangi Zelandiya nomidan oktagonga chiqib kelayotgan chempion keyingi jangida UFC promoushenida tarixiy natija qayd etishi mumkin.
Gap shundaki, bugun Adesanya o'rta vazn toifasida qatorasiga 12-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu UFC o'rta vazn toifasidagi ikkinchi yaxshi natija hisoblanadi. Bu vaznda g'alabali seriya bo'yicha Anderson Silva rekord sohibi bo'lib turibdi. Uning hisobida ketma-ket qozonilgan 13 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar