So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

10 iyu 22:22
Yangiliklar

Tennis, Tokio-2020

Istomin ham Olimpiadada ishtirok etadi

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga Xalqaro tennis federaciyasi tomonidan mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istominni joriy yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olgani tasdiqlanganligi haqida maktub keldi.


Birinchi raqamli tennischimiz olimpiya reyting jadvalida kuchli 56 nafar tennischi qatoridan o'rin oldi va to'rt yillikning eng yirik sport bayramida qatnashish xuquqini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Denis Istomin 2012 yili London (Buyuk Britaniya)da bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida ham yakkalik bahslarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan edi.

Dastlabki bosqichda ispaniyalik Fernando Verdaskoni 6-4, 7-6, ikkinchi davrada esa lyuksemburglik Jil Myullerni 6-7, 7-6, 7-5 hisobida mag'lub etgan Denis Istomin, uchinchi bosqichda shveycariyalik Rojer Federerga 5-7, 3-6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Mazkur Olimpiadada dunyoning etakchi tennischilaridan biri Rojer Federer finalga qadar yo'lni mag'lubiyatsiz bosib o'tgan.

Umid qilamizki, Denis Istomin “Rio-2016” o'yinlarida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qiladi. Bu yo'lda unga omad va zafarlar tilab qolamiz.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing