30 avg 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Ivan Redkach Lomachenko bilan jang qilmoqchi
Ukrainalik bokschi Ivan Redkach uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
Redkach Twitterʼdagi sahifasida kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Ringga qaytishdan va g'alaba qozonib, chempionlikni qo'lga kiritishdan juda xursand bo'laman. Men Loma bilan jang qilmoqchiman", - deb yozdi Redkach o'zining Twitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Redkach Star Boxing promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar