So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

30 sen 20:04
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionati oldidan so'nggi matbuot anjumani o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Jahon chempionati
Biroz avval O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida 6-13 oktyabr kunlari yurtimiz mezbonligida tashkil etilayotgan 35-jahon chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, federaciya bosh kotibi Ulug'bek Kabulov, rais o'rinbosari SHokir Mo'minov, terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov, olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov, dzyudo faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Umumiy mukofot jamg'armasi 1 000 000 evroni tashkil qiluvchi jahon chempionatida sayyoramizning 5 qitasi 87 davlatidan jami 584 (315 erkak, 269 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) toifasida medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. 

Matbuot anjumanida musobaqaga olib borilayotgan so'nggi tayyorgarlik ishlari, ishtirokchilar va rasmiylar uchun ajratilgan mehmonxonalarning shayligi, murabbiylar tomonidan elon qilingan terma jamoamizning yakuniy tarkibi, ommaviy axborot vositalarining akreditaciya hamda chempionatni yoritish bilan bog'liq qator dolzarb masalalar yuzasidan axborot berildi. 

Malumot uchun, ayni paytda erkaklar terma jamoamiz Samarqandda, qizlarimiz esa CHirchiq shahrida jahon chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazishyapti. 

Federaciya raisi Azizjon Kamilov yurtimiz tarixida ilk bor tashkil etilayotgan jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etilishida davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan katta etibor qaratilayotgani, mehmonlar O'zbekistondan alo kayfiyatda qaytishlari uchun barcha say-harakatlar amalga oshirilayotganini urg'uladi. 

O'zbek dzyudosi afsonasi Rishod Sobirov faoliyati davomida orttirgan katta tajribasiga tayangan holda o'z tavsiyalarini berdi. Parij va Tokioda o'tgan jahon chempionatlarida oltin medalni qo'lga kiritgan Sobirov bu musobaqa Olimpiadadan ko'ra kuchliroq bo'lishini urg'uladi.   

Matbuot anjumani o'tkazilayotgan bir paytda jahon chempionatining ilk delegaciyasi - Xitoy terma jamoasi poytaxtimizga etib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida CHin yurti vakillari kutib olindi va ular uchun ajratilgan mehmonxonaga joylashtirildi.  

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing