09 noy 07:33
Yangiliklar
Sambo
Jahon chempionati o'zbek sambochilari uchun muvaffaqiyatli boshlandi
Qozog'istonning Astana shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati start oldi.
Kecha, musobaqaning birinchi kunida uch nafar hamyurtimiz medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Erkaklar o'rtasidagi -58 kg vazn toifasi bahslarida Ilhom Parmonov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, ayollar o'rtasidagi bahslarda Gulsevar O'roqova, jangovar samboda esa Sohibjon Hasanboev kumush medalni qo'lga kiritdi. SHu tariqa, JCHning ilk kunidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega bo'lib turibdi.
-58 kg: Ilhom Parmonov (oltin)
-54 kg: Gulsevar O'roqova (kumush)
-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo) (kumush)
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar