17 may 12:37
Yangiliklar
Dzyudo, Paralimpiya

Jahon chempionatida zafar quchgan para dzyudochilarimiz tantanali kutib olindi
11-15 may kunlari Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida para dzyudo bo'yicha Jahon chempionati o'tkazildi.
Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan terma jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi.
Matonat va jasorat sohiblari Vatan ostonasida Sport vazirligi, Milliy paralimpiya qo'mitasi, ommaviy axborot vositalari vakillari va muxlislar tomonidan tantanali kutib olindi.
Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar para dzyudochilarimizni nufuzli musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tiladilar.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar