29 may 11:35
Yangiliklar
Jahon taekvondo federaciyasining Bosh assambleyasi o'tkazildi
O'zbekiston delegaciyasi rahbari O'zbekiston WT taekvondo associaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev ham mazkur nufuzli anjumanda qatnashdi.
Assambleyada 2022 yil sarhisobi, rejadagi musobaqalar, JCHdan tashqari Parij-2024 Olimpidasiga oktyabr, noyabr va dekabr oylarida yo'llanma beruvchi Gran-Pri turniri, Xitoy ochiq chempionati, Katta dubulg'a musobaqasi hamda Jahon kubogi bahslarini yuqori saviyada o'tkazish shuningdek o'smirlar dunyo birinchiligini tashkil etish, 2028 yilga qadar sportchilar uchun muhim hisoblangan turnirlar rejasi kabi qator masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Jahon taekvondo federaciyasi tashkil topganligining 50 yilligi aynan mazkur dunyo birinchiligi arafasida nishonlanayotganligi keng sport jamoatchiligining diqqat markazida bo'lmoqda.
Fikrlar