02 may 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Jang davomida nokdaun holatiga tushgan Endi Ruis yakunda g'alabaga erishdi + VIDEO
Superog'ir vazn toifasining sobiq chempioni Endi Ruis Kaliforniyada tashkil etilgan jang oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu bahsda meksikalik sobiq chempionga Kris Arreola raqiblik qildi. Jangning ikkinchi raundida Ruis nokdaun holatiga tushib qoldi. Ammo jangni davom ettirdi. Bahs to'liq davom etdi va yakunda g'olib hakamlar ochkosiga ko'ra aniqlandi.
Unda hakamlar 118-109, 118-109, 117-110 hisoblarida Endi Ruisning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Eslatib o'tamiz, Endi Ruis oxirgi iikkita jangini britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi o'tkazgan. Janglarning birinchisida u raqibini nokautga uchratib, jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Ikkinchi jangda esa ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar