04 okt 14:27
Yangiliklar

"Jangga chiqishning imkoni bo'lmagandi". Carukyan – Maxachev bilan bekor bo'lgan jangni esladi
"Yangi tafsilotlar yo'q. Rostini aytsam, tanqidlar menga allaqachon ahamiyatsiz bo'lib qolgan. Menga natija kerak – natija esa har doim ijobiy. Ha, bu jangga juda ko'p kuch sarfladim, juda uzoq vaqt kutdim. Bu jangni men muxlislardan ko'ra ko'proq xohlaganman.
Oxirgi olti-etti yil davomida shu jang bilan yashadim – va uni amalga oshirish uchun ko'p narsani qurbon qildim. Lekin organizmim bu yuklamaga dosh bermadi va ishdan chiqdi. Men to'g'ri qaror qilganimga ishonaman. Ishonchim komilki, mening vaqtim hali keladi.
Jangga qay darajada tayyor edim? Unga chiqmagan bo'lardim. Bu mumkin emas edi. Belim shunchalik qotib qoldiki, harakat ham qila olmadim. Belidan qattiq jarohat olgan odamlar bunday holatni tushunadi. Bu jarohat menda uzoqdan beri bor va bazi paytlarda kuchayib ketadi", – dedi UFC’ning engil vazn toifasi jangchisi Arman Carukyan.
Fikrlar